Aa
Algoritm-ijrochi tomonidan bajarilishi kerak bo`lgan buyruq va ko`rsatmalarning izchil ketma-ketligi
Algoritmning ijrochisi-algoritmda belgilangan buyruq yoki ko`rsatmalarni bajarishga qodir mavhum (abstrakt) yoki moddiy (texnik, biologik yoki biotexnik) tizim
Algоritmik til-аlgоritmlаrni bir хil vа аniq yozish uchun ishlаtilаdigаn bеlgilаshlаr vа qоidаlаr tizimi
Bb
Bit (ing. binary digit-ikkilik raqamlari)-axborotning eng kichik o`lchov birligi
Bitrate (bit tezligi)-ijro etishning bir sekundida sodir bo`ladigan ikkilik yozuvdagi bitlar soni
break-sikl ishini to`xtatuvchi operator
Brend-raqobatchilardan farqlanish maqsadida aniq sotuvchi yoki sotuvchilar guruhi tomonidan tovar va xizmatlarini belgilash uchun qo`llaniladigan so`z, ifoda, belgi, ramz, dizaynerlik ishi yoki ularning kombinatsiyasi
Bulutli platforma-o`z xizmatlarini foydalanuvchi resurslariga bog`liq bo`lmagan holda taqdim etuvchi platforma
Cc
C++ - kompyuter operatsion tizimlarini yozish uchun mo`ljallangan til
CASE operatori-shartdan kelib chiqib, har bir shartga mos buyruqlar ketma-ketligini bajaradigan if ning takomillashgan ko`rinishi
Chiziqli algoritm - barcha ko`rsatmalari hech qanday shartsiz, faqat ketma-ket bajariladigan jarayoni
continue-joriy siklni o`tkazib yuborib, keyingisiga o`tuvchi operator
Dd
Dastur-kompyuter tushuna oladigan tilda yozilgan buyruq va ko`rsatmalarning tartibli ketma-ketligi
Dasturchi-dastur tuzuvchi shaxs
Dasturlash-kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni
Dasturlash muhiti-dastur kodini kiritish, alohida fayl sifatida saqlash va ishga tushirish muhiti
Dekodlash-kodlangan axborotning mazmunini qayta tiklash jarayoni
Doimiy (o`zgarmas)-faqat o`qish uchun mo`ljallangan qiymatlarni saqlovchi kompyuter xotirasidagi yacheyka nomi
Drupal (https://www.drupal.org/)-to`liq sayt yaratish uchun o`zida barcha elementlarni qamrab olgan, ko`pfunksional, nisbatan sekin ishlovchi platforma
Ff
Fayl-kompyuterning biror tashqi xotirasida umumiy bir nom bilan saqlangan har qanday ma`lumot
Fayl hajmi-fayldagi axborotlar hajmi yoki xotirada talab etilayotgan joy o`lchami
for sikli-hisoblagichli (countcontrolled) sikl. U faqat takrorlanishlar soni oldindan maʼlum bo`lganda foydalaniladi
Freelancer (ingl. free-erkin; lancer-nayza)-erkin ishchi bo`lib, asosan, bir martalik yoki mavsumiy xizmatlarni bajarish uchun yollangan, buyurtma asosida qandaydir ish yoki xizmatni kelishilgan haq evaziga belgilangan vaqt davomida amalga oshirib beruvchi shaxs
Funksiya-ma`lum bir vazifani bajaruvchi, qandaydir nomga ega, bir yoki bir necha qiymatni qabul qiluvchi, ishni tugatganidan keyin esa asosiy dasturga bir yoki bir necha natija qiymatlarni qaytaruvchi qism dastur
Gg
Gipermurojaat (ingl. hyperlink)-veb-sahifaning bir qismidan boshqa qismiga yoki boshqa veb-sahifaga o`tuvchi veb-hujjat elementi
Global o`zgaruvchilar-butun dastur davomida faol bo`ladigan o`zgaruvchilar
Grafika (yun. graphike, grapho-yozaman, chizaman)-tasviriy sanʼat turi
Ii
IDE (Integrated Development Environment-integrallashgan dasturlash muhiti)-dasturchilar uchun qo`shimcha funksiyalarga ega bo`lgan maxsus matn muharriri
Identifikatorlar-o`zgaruvchilar, doimiylar, funksiyalar, protseduralar, modullar, dasturlarning umumiy nomi
IF operatori– faqat berilgan shart rost bo`lgandagina muayyan buyruqlar to`plamini bajaradigan shartli operator
Ijtimoiy media marketing (SMM-social media marketing)-mahsulot va xizmatlarni targ`ib qilish, xaridorlarni jalb qilish hamda mahsulotlarni to`g`ridan to`g`ri sotish faoliyatini ijtimoiy medialarda amalga oshirish.
Ikkilik kod-axborotlarning 0 va 1 raqamlari orqali ifodalanishi
Index-barcha kalit so`zlar yoki qidiruv tizimi orqali avval tashrif buyurilgan veb-sahifalar ro`yxati
Infografika-biror jarayon, obyekt, hodisaning grafik va matn obyektlari bilan tasvirlanishi
Informatika-kompyuter va kommunikatsion texnologiyalar yordamida axborotni katta tezlikda izlash, to`plash, saqlash, qayta ishlash va uzatish usullarini o`rgatuvchi fan
Interfaol muhit-dastur kodini kiritish, uni fayl sifatida saqlamasdan turib natijasini ko`rish muhiti
Jj
Jadval-bu bir nechta gorizontal va vertikal chiziqlardan iborat katakchalar to`plami
JAVA - kompyuter, mobil telefon vа planshetlar uchun dastur yozuvchi til
JAVASCRIPT- interfaol websaytlarni yozish uchun mo`ljallangan til
Kk
Kegl-shriftning vertikal o`lchami
Kibernetika (yun. kybernetile-boshqarish sanʼati)-axborotni qabul qilish, saqlash, uni qayta ishlash jarayonlarni avtomatik tarzida boshqarish bilan shug`ullanuvchi fan
Kodlash-maxsus belgilar yordamida axborotni bir ko`rinishdan boshqa qulayroq ko`rinishga o`tkazish jarayoni
Kompyuter-axborotni katta tezlikda qayta ishlovchi universal avtomatik qurilma
Kompyuter dasturi-biror masalani yechish uchun kompyuter tomonidan ijro etilishi lozim bo`lgan buyruqlarning izchil to`plami
Kompyuter grafikasi-model va tasvirlarni kompyuter yordamida hosil qilish, saqlash va qayta ishlash imkoniyatlariga ega yo`nalish
Korporativ-bir vaqtda bir necha hududdan turli pog`onalarda boshqariluvchi tarmoq
Ll
Local web-server-mijozdan kelayotgan so`rovlarni qabul qilib olib, ularga mos javoblarni jo`natadigan dastur
Lokal o`zgaruvchilar-faqat o`zlari eʼlon qilingan qism dasturda faol bo`ladigan o`zgaruvchilar
Mm
Maket-turli ko`rinishdagi axborotni kiritish uchun maxsus qismlar to`plami
Mantiqiy sxema-kompyuter qurilmalarining ishlashini tavsiflovchi har qanday mantiqiy funksiyani bajaradigan elektron qurilma
Modullar-alohida faylda yozilgan bo`lib, turli dasturlarda qo`llanilishi mumkin bo`lgan kodlar majmui
Nn
Nettop-ixcham qutida joylashgan va Internet ilovalari bilan ishlashga mo`ljallangan kompyuter
O`o`
O`zgaruvchilar-o`z qiymati va turiga ega kattalik, o`zida qiymatlarni saqlaydigan kompyuter xotirasidagi yacheyka nomi
Pp
PDF (Portable Document Format)-dastlab PostScript til xususiyatlaridan foydalangan holda Adobe Systems tomonidan ishlab chiqilgan o`zaro faoliyat platformasidagi ochiq elektron hujjat formati
PHP -dinamik web-saytlar yaratish uchun mo`ljallangan til
Piksel-rastrli tasvirning eng kichik elementi
Plagin (ing. plug-in-ulamoq)-dasturlar imkoniyatini kengaytiruvchi qo`shimcha dasturiy modul
Prosedura-funksiyaga o`xshash ko`p marta foydalanilishi mumkin bo`lgan qism dastur bo`lib, yagona farqli jihati hech qanday qiymatni qaytarmaydi
Pygame-ovoz va maxsus o`yin grafikasi bilan ishlash imkonini beruvchi, videoo`yinlar yaratish uchun mo`ljallangan Python kutubxonasi
Python - turli masalalarni yechish, sun`iy intellekt tizimlari uchun mo`ljallangan dasturlash tili
Rr
Rastr-ekranning butun maydonini qoplovchi piksellar matritsasi
Rekursiya- funksiyaning o`zini o`zi chaqirishi
Ss
Sanoq sistemasi-sonlarni aniq qoidalar asosida belgilash tizimi
Sanoq sistemasi asosi-sanoq sistemasidagi jami raqamlar soni
SCRATCH - dasturlarni o`rganish uchun eng mos vizuallashgan dasturlash tili.
Sodda mulohazalar ko`paytmasi-ikkita sodda mulohazaning ''va'' bog`lovchisi orqali bog`lanishidan hosil bo`lgan yangi mulohaza
Sonning razryadi (xona)-raqamlarning berilayotgan sondagi o`rni
Tt
Tablet-planshetli shaxsiy kompyuter
Takrorlanuvchi algoritm - biron bir shart tekshirilishi yoki qandaydir parametrning har xil qiymatlari asosida algoritmda takrorlanish yuz beradigan jarayoni
Taqqoslash amallari– dastur mantig`ini boshqarish va ikki yoki undan ortiq o`zgaruvchilarni taqqoslab, xulosa qabul qilish amallari
Template (shablon)-mazmuni (matn, rasm, multimedia va b.) sayt tizimi mexanizmi tomonidan to`ldiriladigan, o`ziga xos dizayn va tuzilmaga ega html teglar to`plamidan iborat sahifa
Uu
Unikal-yagona, boshqa o`xshashi yo`q
URL-brauzer manzillar qatorida yoziladigan veb-sahifa yoki xizmatning to`liq manzili. Ko`pincha bu manzil gipermatnning ustiga kursor olib kelinganda, brauzerning pastki qatorida ko`rsatiladi.
Uzlukli (diskret, raqamli) axborot-ma`lum vaqtda belgilangan kattaliklarni qabul qiluvchi axborot
Uzluksiz (analog) axborot-uzilishlarsiz, kattaliklari istalgan vaqtda o`zgaruvchi axborot
Vv
Virtual voqelik-haqiqiy olam tasavvurini turli tеxnik vositalar yordamida idrok etish, his etish imkonini beruvchi sun`iy hosil qilingan axborot muhiti
Ww
while sikli-berilgan shart rost bo`lgan holda sikl tanasi bajariladigan sikl turi
Widget– GUIga ega ilovani yaratish uchun foydalaniladigan tugmachalar yoki matnli maydonlar kabi interfeys elementlari
Xx
Xaker-maxfiy axborotlarni ruxsatsiz olish va ularni virus bilan zararlash maqsadida yopiq axborot tizimlari, ma`lumotlar banki kabi tarmoqlar himoya tizimini buzib kiradigan kompyuter dasturchisi
Xolst-rasm chizish uchun ramkaga olingan va shaffof rangdagi soha
Yy
Yopiq kodli platforma-shifrlangan dasturiy ta`minot. Uning tarkibini ko`rib chiqish, tahrirlash, o`zgartirish, unga qo`shimchalar kiritish mumkin emas
“Informatika” virtual - ta'limiy muzeyi platformasida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
© 2026 Rasul Atamuratov tomonidan ishlab chiqilgan