Hisob kitob texnikasida buyuk yutuqlardan biri bu 1954-yilda IBM 704 kompyuterini yaratilishi bo`ldi va aynan bu imkoniyat FORTRAN tilini tuzishga sababchi bo`ldi. Shuni aytish joizki, agar IBM korporatsiyasi o`zining IBM 704 kompyuteri va FORTRAN tili bilan bo`lmaganda ham boshqa biron bir tashkilot o`zining kompyuteri va yuqori darajadagi tili bilan bo`lgan bo`lar edi. Shu bilan birga nafaqat hodisalarning rivojlanishini ko`ruvchu balki bu ish bilan shug`ullanishga resurslarni topa olgan IBM korporatsiyasi birinchi bo`ldi.
Fortran tilini ishlab chiqish haqidagi rejalar IBM 704 tizimini 1954-yilning may oyida tuzishdan oldin bor edi. IBM korparatsiyasida ishlovchi Jon Backus va uning guruhi 1954-yilning noyabr oyida ''IBM matematik formulalar translyator tizimi: Fortran'' mavzusi asosida hisobotni nashrdan chiqarishdi. Bu hujjatda Fortran tilining birinchi Fortran 0 deb ataydigan nusxasi chop etilgan va Fortran tilining rivojlanishida katta yordam bo`lgan. Ilmiy ishda yozilishicha Fortran tili boshqa dasturlar kabi samarali, unda qo`lda foydalanishi, dasturlash ham tizimida interplitatsiya qilingan psevdo kodlar kabi qulay.
“Informatika” virtual - ta'limiy muzeyi platformasida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
© 2026 Rasul Atamuratov tomonidan ishlab chiqilgan